“ESTE” advokatlik firmasining boshqaruvchi sherigi Zafar Tuxtashov Samarqand shahrida Samarqand yuridik kolleji o'quvchilari va Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbir O‘zbekiston Advokatlar palatasi va “Mintaqaviy muloqot” NNT hamkorligida tashkil etilib, yoshlar o‘rtasida advokatlik faoliyatini keng targ‘ib qilish hamda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining maqsadlari va mazmunini tushuntirishga qaratilgan edi. Uchrashuv davomida Zafar Tuxtashov advokatlik faoliyatining o‘ziga xos jihatlari haqida gapirib, joriy yilda unga “Yil advokati” tanlovining “Huquqiy islohotlardagi faollik” nominatsiyasida g‘oliblikni qo'lga kiritish imkoniyatini bergan o'zining huquqiy ijodkorlik borasidagi faoliyati haqida ma’lumot taqdim etdi hamda yoshlarni qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob berdi.