“ESTE” boshqaruvchi sherigi Zafar Tuxtashov Yaponiyada malakasini oshirib qaytdi

03.12.2024
2024 yilning 21-29-noyabr kunlari “ESTE” advokati va boshqaruvchi sherigi Zafar Tuxtashov bir qator O’zbekistonlik advokatlar va notariuslar guruhi bilan birga Yaponiya Adliya vazirligi huzuridagi Ilmiy-tadqiqot va oʻqitish institutida malaka oshirdi.

Z.Tuxtashov bir hafta mobaynida Yaponiya advokatura va adliya tizimi bilan yaqindan tanishib, mahalliy advokatlar bilan tajriba almashish imkoniga ega boʻldi. Shuningdek, Z.Tuxtashov Yaponiya advokatlar federatsiyasi, Yaponiya notariuslar milliy assotsiatsiyasi hamda Yaponiya Adliya vazirligining xalqaro hamkorlik departamenti xodimlari bilan uchrashdi.
← Орқага